Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 19:32 Chop etish versiyasi

Yoshlar giyohvandlikka qarshi

Urganchda giyohvandlik, odam savdosi bilan bog‘liq transmilliy jinoyatlarning oldini olish, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar orasida giyohvand vositalar tarqatilishiga qarshi kurash oyligi doirasida Urganch davlat universiteti va Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tumani sudi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarni sog‘lom turmush tarzi tamoyili asosida tarbiyalash, ular o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishidan asrashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Giyohvandlik vositalarining ta’siriga ko‘proq oqu qorani yaxshi ajrata olmaydigan yoshlar tushib qoladi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tumani sudi raisi Umrbek Hasanov. – Ma’lumotlarga qaraganda, giyohvandlikka chalinishga asosan 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslar moyil bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida ularga muntazam tushuncha berib borish talab etiladi. Mamlakatimizda bu illatdan yoshlarni asrash borasida ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari, ta’lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida yaxshi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish zarur.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning ayanchli oqibatlari, u keltirib chiqaradigan ijtimoiy muammolar xususida keng ma’lumot berildi. Giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha fikr almashildi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA
787






Все о погоде - Pogoda.uz