Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 18:57 Chop etish versiyasi

Yoshlar giyohvandlikka qarshi

Dunyoning barcha mintaqalarida narkobiznes va u bilan bog‘liq jinoyatchilik ko‘payib borayotgani jahon hamjamiyati oldiga qat’iy va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirish, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish vazifasini qo‘ymoqda.

Mamlakatimizda bu borada qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1-fevraldan 1-martgacha yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi o‘tkazilayotir.

Oylik davomida barcha ta’lim muassasalarida mutasaddi tashkilotlar xodimlari tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi bo‘lim boshlig‘i Sh.G‘ulomov va boshqalar giyohvandlik asr vabosi, unga qarshi kurashish nafaqat mutasaddilar, balki har birimizning burchimiz ekanligini ta’kidladi.

Bu kabi tadbirlar yoshlar orasiga giyohvand vositalarni olib kirish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq turli jinoyatlarning oldini olish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

– Bugun biz giyohvandlik tushunchasi, giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida yanada batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldik, – deydi universitet talabasi Temur Xidirov. – Uchrashuvda mutaxassislardan o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

Tadbirda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tayyorlangan «Umr zavoli» videofilmi namoyish etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 020






Все о погоде - Pogoda.uz