Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

31.08.2018 13:55 Chop etish versiyasi

Yoshlar festivali gʻoliblari taqdirlandi

Yoshlar festivali gʻoliblari taqdirlandi
Namanganda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi oldidan “Yoshlar kelajak bunyodkori!” shiori ostida oʻtkazilgan yoshlar festivalining gʻoliblarini taqdirlashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan festivalning saralash bosqichlarida gʻolib boʻlgan 350 nafar oʻgʻil-qiz viloyat bosqichida oʻz isteʼdodini namoyish etdi.

Festivalda oʻzbek milliy cholgʻu ansambli, damli, torli cholgʻu ansambli, estrada cholgʻu ansambli, oʻzbek milliy cholgʻu orkestri, damli, torli cholgʻu orkestri, simfonik cholgʻu orkestri yoʻnalishlari boʻyicha gʻolib boʻlgan yoshlarga maxsus diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Festival yosh ijrochilar ishtirokidagi gala-konsert bilan yakunlandi.

1.jpg

Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA
1 158