O‘zA O`zbek

09.11.2019 Chop etish versiyasi

Yoshlar deputatlarning yoshi boʻyicha kutilmagan fikrni ilgari surdi

Yoshlar deputatlarning yoshi boʻyicha kutilmagan fikrni ilgari surdi

Adliya, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, Oʻzbekiston kasaba uyushmasi federatsiyasi, Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda “Biz saylov qonunchiligini oʻrganamiz” koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.

Fargʻonada boʻlib oʻtgan tanlovda viloyatdagi 4 ta oliy taʼlim muassasasining faol talabalari ishtirok etdi. Bu jarayonda ularning saylov qonunchiligi, saylov jarayonlari, deputatlikka nomzodni ilgari surish boʻyicha bilim va koʻnikmalari, saylov jarayonlarida bevosita ishtiroki va faolligini oshirish boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

– Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlajak saylovlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida yigit-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda, – deydi Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati boʻlim boshligʻi Hasan Abdurahmonov. – Tanlovda talabalarning saylov bilan bogʻliq bilimlari sinovdan oʻtkazilishi barobarida ularning fikrlari ham eshitildi. Taʼkidlash kerak, 22 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar deputatlikka oʻz nomzodlarini qoʻyishi kerak, deb ilgari surilgan gʻoya katta bahslarga sabab boʻldi. Yoshlarning yangi gʻoyalari va yangi fikrlariga qoyil qolish kerak.

Tanlovda gʻoliblar tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

510
Muattar ROʻZIBOYEVA, OʻzA