O‘zA O`zbek

10.02.2020 Chop etish versiyasi

Yoshlar bilan ishlashda samarali yondashuv

Yoshlar bilan ishlashda samarali yondashuv

Nukus shahar 12-bolalar musiqa va sanʼat maktabida tashkil etilgan fortepyano, torli cholgʻular, xalq cholgʻulari, baxshichilik, estrada-vokal, damli va zarbli cholgʻular, estrada, tasviriy sanʼat, xoreografiya, teatr kabi yoʻnalishlari boʻyicha 389 nafar oʻquvchi saboq olmoqda.

Muassasa tarbiyalanuvchilari nufuzli ijodiy koʻrik-tanlov va festivallarda katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Sanʼat maskanida yosh iqtidor egalari bilan ishlash tizimi samarali yoʻlga qoʻyilgan. Masalan, 2019-yil iyun oyida oʻtkazilgan “Akademik va estrada ijrochiligi” tanlovining mamlakat bosqichida nukuslik Muhammadali Odilboyev 2-oʻrinni egalladi. Maktabning “Kelajak yulduzlari” ansambli Urganch shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda gʻolib boʻldi.

675
Maqsad HABIBULLAYEV olgan (surat), OʻzA