O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Yoshlar bandligiga koʻmaklashuvchi “Call markazi” ishga tushdi

Yoshlar bandligiga koʻmaklashuvchi “Call markazi” ishga tushdi

Buxoro Yoshlar markazida yoshlar bandligiga koʻmaklashuvchi “Call markazi” ishga tushdi.

Markaz viloyat, tuman (shahar) hokimliklari, viloyat bandlik boshqarmasi, xalq qabulxonasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, oliy taʼlim muassasalari, xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Markaz yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ishsiz yoshlarni mavsumiy yoki doimiy ishlarga, shuningdek, kasb-hunarga yoʻnaltirish orqali bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi. Ish oʻrni yaratgan tadbirkorlik subyektlari bilan muzokaralar oʻtkazib, mavjud boʻsh ish oʻrinlari yuzasidan maʼlumotlarni aholiga, ayniqsa, yoshlarga yetkazib boradi. Shuningdek, oʻtgan yillar davomida respublika boʻyicha kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan, biroq bandligi taʼminlanmagan voha yoshlari bazasini shakllantirib boradi.

Markazda qisqa raqamli 1093 “Ishonch telefoni” tashkil etilgan. Aloqa operatorlari tomonidan kelib tushgan murojaatlar tegishli tartibda ishchi organga taqdim etib boriladi.

1 829
Zarif KOMILOV, OʻzA