Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.03.2017 18:53 Chop etish versiyasi

Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlar o‘z uyiga harbiy bilim va malakani puxta egallab, irodasini toblab, jismonan va ma’nan yanada yuksalib qaytayotir. Shu bois Vatanimiz himoyachilarini tantanali kutib olishdan tortib ularning harbiy xizmatdan keyin jamiyatimizdan munosib o‘rin topishiga qadar barcha ishlar maxsus dastur asosida tashkil etilmoqda.

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan anjumanda shular haqida so‘z bordi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarda muhim dasturilamal bo‘layotgani ta’kidlandi.

– Vatanimiz himoyachilari joylardagi hokimliklar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari va ota-onalar ishtirokida tantanali kutib olinmoqda, – deydi Mudofaa vazirligi bosh shtabi tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasining chaqiruv va safarbarlik chaqiruv rezerviga tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Qodirov. – Muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash, oliy ta’lim va oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishida amaliy yordam berish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Natijada shu yil 15-martgacha armiyadan qaytgan 800 yigit ishga joylashtirildi, 134 nafari shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqirildi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun harbiy qism tavsiyanomalariga ega bo‘lgan 5 ming 20 yigitga talabalikka qabul qilish imtihonlariga tayyorlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Anjumanda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldi.

Dilshod Karimov, O‘zA
1 042






Все о погоде - Pogoda.uz