Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.02.2018 09:48 Chop etish versiyasi

Yoshlar ajrimlarga qarshi chiqishmoqda

Sabablari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ajrimlar jamiyat yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib minadigan muammodir.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tgan «Yoshlar ajrimga qarshi» mavzuidagi ochiq muloqot bu boradagi fikrlar bahsga aylandi.

Bugungi kunda dolzarb bo‘lgan yosh oilalar o‘rtasida yuzaga kelayotgan ajrimlarning sabab va ildizlari, bunday noxush holatlarning qanday salbiy oqibatlari xususidagi fikr-mulohazalar tinglandi.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun avvalo, ularning ma’naviy dunyosini boyitish lozim. Negaki nizoli holatlar va ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri aynan ma’naviy qashshoqlikdir, deyildi tadbirda.

Shuningdek, yosh oila vakillari, oila qurish arafasida turgan yoshlar bilan notinch va muammoli, ayniqsa, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yosh oilalar, ular o‘rtasida ma’naviy-ahloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan turli yot xavf-xatarlarning oldini olish yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Jamiyat o‘z muqaddas qo‘rg‘onini asrashi zarur ekan, buning uchun biz kelajak avlod ma’naviy komil bo‘lib ulg‘aymog‘i darkor, deyishdi so‘zga chiqqan yoshlar faollari.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
6 214