O‘zA O`zbek

12.09.2018 20:57 Chop etish versiyasi

Yoshlar velomarafoni

Yoshlar velomarafoni Namanganda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida “Yoshlar-tur” yoshlar velomarafoni boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi, viloyat ichki ishlar va sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 350 dan ziyod havaskor sportchi ishtirok etdi.

Velomarafon yakuniga koʻra, 15-17 yosh toifasida Akbar Nuriddinov, Sherzod Avezov, Bekzod Baxtiyorov, Alsu Xabibulina, Matluba Sotayeva, Tilovat Muxtorova, 18-30 yosh toifasida Umid Ikromov, Barkamol Qodirov, Sherzod Nazirov hamda eng yosh ishtirokchi nominatsiyasida Muhammadzohid Isroiljonovgʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Hotam Mamadaliyev (surat) OʻzA
1 373