O‘zA O`zbek

04.12.2019 Chop etish versiyasi

“Yosh saylovchi – 2019” yoshlar forumi

“Yosh saylovchi – 2019” yoshlar forumi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tashabbusi bilan Termiz shahar Yoshlar markazida "Yosh saylovchi - 2019" yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari, Yoshlar ittifoqi viloyat, tuman kengashi yetakchilari, faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda Parlament va mahalliy kengashlarga saylovlarda yoshlarning ishtiroki, saylov qonunchiligi, saylovchilarning huquq va burchlari, shuningdek, viloyatda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

400 nafardan ziyod yigit-qiz qatnashgan tadbirda yoshlarning siyosiy faolligini oshirish maqsadida “Yoshlar saylov uchastkasi” tashkil etilib, ularga “Siz qaysi partiyadan o‘z nomzodini ko‘rsatgan deputatga ovoz berasiz?” murojaatli byulleten tarqatildi. Saylov natijalariga ko‘ra, tadbirda 128 ovoz to‘plagan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi yuqori natija ko‘rsatdi.

1 785
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA