O‘zA O`zbek

20.09.2019 Chop etish versiyasi

Yosh sambochilar munosib kutib olindi

Yosh sambochilar munosib kutib olindi

Hindiston davlatining Nyu-Deli shahrida 13-15 sentabr kunlari sambo bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sambochilar 40 ta medalni qo‘lga kiritgan edi. Uning 23 tasi oltin, 11 tasi kumush va 6 tasi bronza medallaridir. 

Qit’amizning ushbu nufuzli musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi safida 4 nafar xorazmlik yosh sambo ustasi ham qatnashib, medallarimiz jamg‘armasiga o‘zlarining munosib ulushini qo‘shishdi. Hindlar zamini Egambergan Iskandarov va Aslbek Xo‘jaboev oltin medal, Sanjar Masharipov va Jamshid Boboxonovlar esa kumush medal sohibiga aylandi. 

O‘z navbatida Xorazm vohasiga katta yutuq bilan qaytgan sambochilar Urganch temir yo‘l vokzalida viloyat sporti jamoatchiligi, murabbiylar, ota-onalar va do‘stlari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. Ularning barchasiga hurmat va ehtirom ramzi sifatida anvoyi gullar taqdim etilib, zarbop to‘nlar kiydirildi.

1 480
Oybek YuNUSOV, O‘zA