Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.04.2018 11:33 Chop etish versiyasi

Yosh raqqosalar tanlovi

Yosh raqqosalar tanlovi Namanganda “Bahor ifori” milliy raqslar respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar va tumanlardagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari qoshidagi raqs to‘garagi a’zolari va umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan 100 nafardan ziyod qizlar ishtirok etdi.

Yakkaxon ijro yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi raqs to‘garagi a’zosi, Namangan shahridagi 2-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi E’zoza Saydaliyeva, ikkinchi o‘rinni Norin tumanidagi 40-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Rayhona Abduhamidova, uchinchi o‘rinni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Shohsanam Hakimjonova egalladi.

Jamoaviy ijro yo‘nalishida Namangan shahridagi "Barkamol avlod" bolalar markazi qoshidagi “Namangan g‘unchalari” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Chust va To‘raqo‘rg‘on tumanlari jamoasi egalladi.

5 (1).jpg

11.jpg

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA
5 453