Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 22:56 Chop etish versiyasi

Yosh qalamkashlarning birinchi kitobi

Yosh qalamkashlarning birinchi kitobi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yosh ijodkorlarning "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida chop etilgan ilk to‘plamlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, O‘zbekiston xalq shoirlari M.Toir, I.Mirzo va boshqalar mamlakatimizda ijod ahliga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar milliy adabiyotimizni yanada rivojlantirish, yosh avlod ma’naviyatini, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasidagi amaliy ishlarda alohida o‘rin egallashini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida kurrai zaminning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq ekaniga alohida e’tibor qaratib, qator amaliy takliflar bildirgani ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

1.JPG

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida "Ijod" fondini tuzish to‘g‘risidagi hamda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi muhim hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida uyushma tomonidan bir guruh yosh ijodkorlarning ilk kitoblari ko‘p ming tirajda chop etildi.

Ushbu to‘plam mualliflari 2016-yilda "Do‘rmon" ijod uyida bo‘lib o‘tgan "Iste’dod maktabi VIII" yosh ijodkorlarning respublika seminarida ishtirok etgan edi. O‘tgan yillar mobaynida yurtimizning turli hududlarida tashkil etilgan ushbu adabiy anjuman adabiyotga o‘z so‘zi va betakror ovozi bilan kirib kelayotgan ko‘plab iste’dod egalarini kashf etmoqda. Ularda qatnashgan yosh qalamkashlarning ilk kitoblari davlat hisobidan nashr etilib, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Mudofaa vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, turli ijodiy-ma’rifiy tashkilotlarga, o‘quv dargohlari, kutubxonalar, axborot-resurs markazlariga yetkazildi.

14.JPG

– Ilk ijod namunalarimiz kitobcha holida nashr etilganidan g‘oyat mamnunmiz, – deydi namanganlik Manzura Abdullayeva. – Bildirilgan bunday ishonchga munosib bo‘lish, uni oqlash burchimizdir.

Taqdimotda so‘zga chiqqan yosh qalamkashlar mamlakatimizda iste’dodlar safini kengaytirish, ularga ko‘mak ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash borasidagi e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Nazokat Usmonova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
2 867






Все о погоде - Pogoda.uz