Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 17:13 Chop etish versiyasi

Yosh olimlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash: muammo va takliflar

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi bilan hamkorlikda «Yosh olimlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash: muammo va takliflar» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi vakillari, partiyaning «Yosh adolatchilar» qanoti faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Z.Esonova va boshqalar ilm-fanni rivojlantirish jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh olimlarni tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta’kidladi.

– Ilm-fanning turli yo‘nalishlarida tadqiqot va izlanish olib borayotgan yosh olimlar safi tobora kengayib bormoqda, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Adolat» SDP fraksiyasi a’zosi Yo.Xoliyorov. – Bugungi muloqotni tashkil etishdan maqsad ularning faoliyat va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ixtirolariga patentlar ajratilishiga shart-sharoitlar yaratish, sohaning normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida muhim vazifalarni belgilab olishdan iboratdir.

Tadbirda partiya tashabbusi bilan ishlab chiqilib jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Ilmiy va innovatsiyaviy faoliyat to‘g‘risida»gi qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan yosh olimlarning takliflari tinglandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
1 659






Все о погоде - Pogoda.uz