Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 19:48 Chop etish versiyasi

Yosh olimlar bilan muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan  o‘tkazilgan ochiq muloqotda yosh olimlarimizni bugungi kunda o‘ylantirayotgan muammolar o‘rtaga tashlandi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Intellektual mulk, Fan va texnologiyalar agentliklari mas’ullari, deputatlar, partiya ekspertlari qatnashib, ilm-fan va innovatsion faoliyatni takomillashtirishning huquqiy asoslari, akademiya tizimida yosh olimlar bilan ishlashning bugungi ahvoli va istiqbollari haqida fikr almashdi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ilmiy va innovatsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi muhokama qilindi.

– Muhokamada o‘z taklif va mulohazalarimiz bilan qatnashdik, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, O‘zbekiston xotin-qizlari "Olima" uyushmasi qoshidagi yosh olimalar akademiyasi raisi Nozima Murodova. – Ko‘p holatlarda nodavlat notijorat tashkilotlari grant loyihalarida ilmiy yo‘nalishda ishtirok eta olmaydi. Agar qonun loyihasida NTTlarga shu imtiyoz berilsa, ilm-fan rivojida muhim omil bo‘ladi. Yana bir taklifimiz borki, ilmiy loyihalarni amaliyotga joriy qilishda tadbirkorlarni keng jalb qilib, ularga iqtisodiy  preferensiyalar berish kerak.  Ilmiy grantlarning ochiq elektron shaklidagi bazasini ham yaratish lozim.

Malohat Husanova, O‘zA
2 241






Все о погоде - Pogoda.uz