Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.08.2017 14:12 Chop etish versiyasi

Hududlarda "Yosh oilalar va qizlar" birinchi respublika forumi tadbirlari o‘tkazilmoqda

Hududlarda "Yosh oilalar va qizlar" birinchi respublika forumi tadbirlari o‘tkazilmoqda Namanganda Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami hamda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlangan "Yosh oilalar va qizlar" birinchi respublika forumi tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va qator tashkilotlar hamkorligida Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, talabalar, yosh oilalar vakillari, uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

– Oilalardagi ma’naviy muhitni milliy qadriyatlarimiz asosida shakllantirish, oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligini yanada mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridandir, – deydi Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi H.Yusupova. – Yoshlar tarbiyasi borasida bevosita yoshlarning ichiga kirib borib, ularning quvonchu tashvishlarini, taklif-muammolarini yaqindan bilgan va to‘la his qilgan holda ish olib borishni, ayniqsa, uyushmagan yoshlar masalasiga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini davrning o‘zi talab qilmoqda.

Forum doirasida siyosiy partiyalar hamkorligida “Men ham yetakchi bo‘laman” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ijtimoiy-siyosiy faol, rahbar, tadbirkor va deputat ayollarning mustaqil hayotga endi kirib kelayotgan qizlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi. Yetakchi ayollar qiz bolaning oila va jamiyatda munosib o‘rin topishi, orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish omillari haqidagi tajribalari haqida so‘zlab berdi, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilayotgan forum doirasida “Ta’lim va fan”, “Kitobxonlik aksiyasi va kitoblar taqdimoti”, “Kim nimaga qodir?”, “Sog‘lom turmush tarzi” loyihalari asosida ijtimoy-siyosiy faol ayollar, xalq ta’limi fidoyilari, tadbirkor xotin-qizlar, ibratli oila bekalari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, sport musobaqalari, tadbirkorlik subyektlariga sayohatlar uyushtirilmoqda.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
2 447






Все о погоде - Pogoda.uz