O‘zA O`zbek

08.08.2018 21:28 Chop etish versiyasi

Yosh kitobxonlar tanlovi

Qashqadaryo viloyatida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman vashaharbosqichlari boshlandi. Unda yoshlar uchta – 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasidasaralanmoqda.

Tanlovning saralash bosqichlarida viloyat bo‘yicha 92 ming 689 nafar yoshlar ishtirok etib, 569 nafari tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ishtirokchilar saralash bosqichlarida maxsus test sinovlaridan o‘tgan bo‘lsa, bu bosqichda “O‘zbek adabiyoti bilimdoni” va “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari bo‘yicha o‘z bilimini sinovdan o‘tkazmoqda.

–O‘tgan yili tanlovga tengdoshlarimni katta qiziqish va havas bilan kuzatib qo‘ygan edim, – deydi 10-14 yosh toifasida ishtirok etayotgan Qarshi shahrilik Sevara Tilakmurodova. – Bu yil Prezidentimiz qarori bilan tanlov uch yosh toifasida tashkil etilishi biz uchun imkoniyat bo‘ldi. Test jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, bugun shahar bosqichi shartlarini ham bajarib, birinchi o‘rinni egalladim. Respublika bosqichida ham yuqori natijani qayd etib, davlatimiz rahbarining maxsus sovg‘asini viloyatimizga olib kelishni maqsad qilganman.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, tanlovning o‘tgan yilgi mamlakat bosqichida qashqadaryolik Abdulaziz Qurbonov 217,75 ball bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

G‘oliblar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadi.

O‘lmas Barotov, O‘zA
2 657