O‘zA O`zbek

11.08.2018 13:36 Chop etish versiyasi

“Yosh kitobxon” tanlovining Urganch shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Yosh kitobxon” tanlovining Urganch shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining Urganch shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvning ushbu bosqichida 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifalari bo‘yicha jami 20 nafar o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi. Ular o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalarining asarlari ularda ko‘tarilgan mavzu ko‘lami bo‘yicha savollarga javob berishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar berilgan asar uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyatini sharhlab berishdi. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilar yozuvchilar asarlari, badiiy adabiyotlarni o‘qiganligi, mohiyatini to‘g‘ri tushungani, qay darajada bilishi va ifoda etib bera olish qobiliyatiga qarab baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10-14 yoshlar o‘rtasida Komronbek G‘ofurov, 15-19 yosh toifasida Maftuna Ochilova, 15-19 yoshlilar bo‘yicha Akbar Otaboyev 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

A. Shokirov, O‘zA
2 420