Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.07.2018 11:40 Chop etish versiyasi

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi boshlandi

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi boshlandi
Bugun mamlakatimiz viloyat, shahar va tumanlarida “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi boshlandi.

Ishtirokchilar har bir viloyat va tuman-shaharlarda tashkil etilgan maxsus xonalarda test sinovlarini topshirish uchun jam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, test sinovida yoshlar o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50ta test savollariga 25 daqiqa vaqt davomida javob berishlari lozim.

Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan belgilanadi. Ishtirokchilar natijalari saqlab qolinadi (elektron ko‘rinishda va imzolangan holda qog‘ozda). Test natijalariga ko‘ra, 86 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

“Yosh kitobxon” tanlovining 3 yosh toifasi bo‘yicha saralash bosqichlari uch kun davomida o‘tkaziladi.

O‘zA
3 216