O‘zA O`zbek

15.08.2018 17:07 Chop etish versiyasi

Yosh jurnalistlar uchun yana bir imkoniyat

Yosh jurnalistlar uchun yana bir imkoniyat
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida “Navqiron jurnalistlar” media-oromgohi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Yoshlar media markazi, “Mening yurtim”, “Yoshlar”, “Sevimli”, “Zo‘r TV” hududiy teleradiokanallar, FM radiostansiyalaridan 150 nafar ijodkor qatnashmoqda.

Unda malakali trenerlar yosh jurnalistlar uchun seminar-trening mashg‘ulotlari, ko‘ngilochar uchrashuv va suhbatlar uyushtirmoqda.

Media-oromgoh 16-avgust kuniga qadar davom etadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA
1 874