O‘zA O`zbek

13.05.2019 00:40 Chop etish versiyasi

Yosh hamkasbimizni tabriklaymiz!

Yosh hamkasbimizni tabriklaymiz!

Xabar berib borayotganimizdek, Respublika yosh ijodkorlari kengashi tomonidan bu yil ikkinchi bor tashkil etilgan “Oʻzbekiston bahori” respublika anʼanaviy ijod festivali bu yil Xiva shahrida boʻlib oʻtdi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan ishtirok etgan yoshlar nasr, nazm, dramaturgiya, jurnalistika, tasviriy sanʼat va fotografiya yoʻnalishida taqdirlandi.

Jurnalistika yoʻnalishida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining yosh, iqtidorli, gʻayratli muxbiri Inobat Ahatova ham bor.

OʻzA jamoasi Inobat Ahatovani bu mukofot bilan tabriklab, ijodiy ishlarida yangi zafarlar tilab qoladi.

OʻzA
3 167