Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.02.2018 16:35 Chop etish versiyasi

Yosh fermerlar xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Quyosh energiyasidan foydalanib, suv chiqishi qiyin bo‘lgan maydonlarni sug‘orish imkoniyati bor. Mazkur innovatsion loyiha Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) muqobil energiya manbalari yordamida sug‘orish tizimlarini rivojlantirish dasturida o‘z aksini topgan.

Endilikda mamlakatimiz yosh fermerlari faoliyatida mazkur texnologiyalar joriy etiladi.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining hamkorlik uchrashuvida shu va boshqa qator kelishuvlarga erishildi.

Yosh fermerlar faoliyatida asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan loyihalarga ko‘ra, ikki tomonning kelishuvi asosida Turkiyadan ona asalarilar hamda asalari ko‘paytirishda kerak bo‘ladigan texnologiyalar yetkazib beriladi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
3 113