O‘zA O`zbek

23.05.2018 20:39 Chop etish versiyasi

Yosh avlod tarbiyasi : imkoniyat va samara

Yosh avlod tarbiyasi : imkoniyat va samara Prezidentimizning joriy yil 19-20 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Andijon shahrining Qoratut mahallasida ish boshlagan ikkita yangi maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatidan aholi mamnun.

Andijon viloyatida joriy yilda 132davlat-xususiy sherikchilik asosidagi, 193 xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. 480 milliard so‘m mablag‘ sarflanadigan mazkur muassasalarga 26 mingdan ziyod bola qamrab olinadi. 2 ming 400 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

“Bolajon bahori” nomli nodavlat hamda “Nihol” nomli 53-davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolajonlar uchun barcha sharoit yaratilgan.

Tadbirkor Umidaxon Ashurova tomonidan tashkil etilgan va umumiy loyiha qiymati 2 milliard 260 million so‘m bo‘lgan “Bolajon bahori” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi 100 o‘rinli. Bu yerda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan. Rus va ingliz tillari zamonaviy andozalar asosida o‘qitiladi.

– Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda, – deydi tadbirkor U.Ashurova. – Muassasamiz ana shu imkoniyatlar samarasi o‘laroq tashkil etildi. Hududda foydalanilmay turgan bo‘sh bino “nol” qiymatda berildi. Qisqa vaqt ichida binoni rekonstruksiya qilib, zarur jihozlar bilan ta’minladik.

“Nihol” bolalar bog‘chasi esa kapital ta’mirlanib, qayta ish boshladi. Muassasada 280 nafar bola tarbiyalanadi.

10.JPG

14.JPG

29.JPG

– Kapital ta’mirlash, obodonlashtirish va jihozlash ishlari uchun qariyb 3 milliard so‘m byudjet mablag‘i sarflandi, – deydi muassasa mudirasi Rohatoy Hoshimova. – Bu yerdagi sharoitlar rivojlangan davlatlardagidan aslo qolishmaydi.

Darhaqiqat, zamonaviy qiyofaga, barcha qulayliklarga ega ushbu muassasada 32 nafar malakali mutaxassis mehnat qilmoqda. Mashg‘ulotlar turli qiziqarli o‘yinlar, bolalarning fikrlash doirasini kengaytiradigan interaktiv usullar orqali olib borilmoqda. Bu, albatta, kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni bilimli, tafakkuri keng va yuksak salohiyatli insonlar etib tarbiyalashda muhim omil bo‘ladi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
7 766