Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.04.2018 16:37 Chop etish versiyasi

Yong‘indan ogohlantiruvchi qurilma ixtiro qilindi

Ushbu ishlanma uydan shoshib chiqayotganingizda “Hurmatli fuqarolar, uyingizdagi gaz va elektr qurilmalarini o‘chirishni unutmadingizmi? Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling” degan mazmunda eslatuvchi tovushli signallar bilan xabar beradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xizmat va kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish bo‘limi muhandisi, leytenant Sultonbek Tanirbergenov tomonidan yong‘in xavfini eslatib turuvchi qurilma ixtiro qilindi.

Ushbu uskuna harakat bo‘lganda ishlab ketadi va fuqarolarga eslatma beradi. Harakatni sezuvchi datchik, tovushli signal yetkazuvchi mikrofon, tovushli signalni yozuvchi chip, elektr quvvati yetkazib beruvchi batareya va atrof-muhitdan himoya qiluvchi korpusdan iborat qurilma ko‘p qavatli uylar podyezdlariga o‘rnatiladi.

Fuqarolar uylaridan shoshilib chiqayotganda “Hurmatli fuqarolar, uyingizdagi gaz va elektr qurilmalarini o‘chirishni unutmadingizmi?Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling” degan mazmunda eslatuvchi tovushli signallar bilan xabar berib turadi.

A.Nasirlayev, O‘zA
1 704