Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.08.2017 18:04 Chop etish versiyasi

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlarga 114 million so‘m jarima solindi

O‘zA muxbiri bilan suhbatda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov mustaqillik ayyomi oldidan yong‘in xavfsizligi choralari ko‘rilayotgani, bayramni betalofat o‘tkazish uchun xizmat xodimlari shay holda ekanini ma’lum qildi.

Bayram tantanalari o‘tkaziladigan joylar, ular atrofida joylashgan korxona va tashkilot, aholi turar joylari ro‘yxati shakllantirildi. Bugungi kunga qadar mazkur obyektlar yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘p qavatli uylarning chordoq va yerto‘lalari berkitilishi ta’minlandi.

O‘ta muhim va toifalangan obyektlardan barchasi o‘rganib chiqildi. Ushbu maskanlarning yong‘indan muhofaza qiluvchi qismlari shaxsiy tarkibining jangovarligini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni tezda bartaraf etish, maxsus xizmatlar harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida garnizonlardagi kuch va vositalarni hamda boshqa xizmatlarni jalb qilgan holda yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Olib borilayotgan profilaktik ishlar davomida yong‘in xavfsizligi talablarini buzgan yoki bajarmagan mingdan ziyod fuqaro, javobgar va mansabdor shaxsga tegishli tartibda 114 million so‘mdan ortiq jarima solindi. 6 mingdan ziyod yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan nosoz elektr tarmoqlar va agregatlar manbaidan uzib qo‘yildi.

Suhbatning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

O‘zA
1 185






Все о погоде - Pogoda.uz