Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2017 17:51 Chop etish versiyasi

Yog‘ochga bitilgan qadriyatlar

Yog‘ochga bitilgan qadriyatlar Mamlakatimizda hunarmandchilik rivoji, usta hunarmandlarning mehnatini munosib rag‘batlantirishga qaratilayotgan e’tibor ajdodlarimizdan meros qadriyatlar bardavomligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Buni poytaxtlik hunarmand Yo‘ldosh Azlarov faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.

U ko‘p yillardan buyon yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadi. Usta yasagan lavh, bezakli qutichalar, qalamdon, naqshinkor uy-ro‘zg‘or buyumlari o‘ziga xosligi va betakrorligi bilan ko‘plab ko‘rgazma, ko‘rik-tanlovlarda yuqori baholangan.

Yog‘och o‘ymakorligi san’atini yanada yuksaltirish, avlodlarga meros sifatida yetkazishni maqsad qilgan “Hunarmand” uyushmasi a’zosi Yo‘ldosh Azlarov “ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z hunari sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatib kelmoqda.

A’lo Abdullayev (surat), O‘zA
2 277






Все о погоде - Pogoda.uz