O‘zA O`zbek

27.07.2020 Chop etish versiyasi

Yogʻoch va mebel mahsulotlari: importdan eksportgacha

Yogʻoch va mebel mahsulotlari: importdan eksportgacha

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida xitoylik investorlar tomonidan “Zhong Tian” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyat boshladi. Qariyb 4 gektar maydonni egallagan mazkur korxonaga 9,5 million AQSH dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritildi. Endilikda bu yerda qurilish hamda mebel jihozlari uchun yogʻoch mahsulotlari yetkazib beriladi.

- Oʻzbekistonda qurilish va mebel sanoati uchun ishlatiladigan yogʻoch mahsulotlari tarkibiga eʼtibor berganmisiz? Ular asosan zichlangan yogʻoch qirindisidan tayyorlanadi, - deydi korxona rahbari xitoylik investor Lui Peifeng (Lui Reifeng). - Bizda esa bu boshqacha. Biz Oʻzbekistonda ilk bora qurilish va mebel sanoati uchun tabiiy ingichka qavatli yogʻoch mahsulotlarini taklif qilyapmiz. Birinchidan, bu qayishqoq va sinmaydi.

photo_2020-07-27_19-42-43.jpg

photo_2020-07-27_19-42-29.jpg

Ikkinchidan, moʻrt emas, ichida gʻovagi yoʻq, bu – suv oʻtkazmaydi, tez yonib ketmaydi. Duradgorlar yogʻoch qirindisi va butunligicha yogʻoch boʻlaklaridan tayyorlangan yogʻoch mahsulotini farqlay olishadi. Eʼtibor bering, mashhur “Rolly-Roys” avtomobillari ichki salonida ham aynan mana shunday tayyorlangan yogʻoch ishlatiladi. Niyatimiz zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib nafaqat Oʻzbekiston balki Oʻrta Osiyo va Yevropa davlatlari bozorlariga raqobatbardosh mahsulot chiqarishni maqsad qilganmiz.

Hozircha ichki bozorni arzon va sifatli mahsulot bilan qoplayapmiz. Bugun Oʻzbekistonda jahon standarti oʻlchamidagi MDF yogʻochi 42 AQSH dollarigacha import qilinmoqda. Biz shunday mahsulotni 27 AQSH dollaridan mahalliy bozorga chiqaryapmiz.

photo_2020-07-27_19-42-24.jpg

photo_2020-07-27_19-42-57.jpg

Hozirga kelib, korxonaning dastlabki bosqichida 30 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi. Agar ishlab-chiqarish toʻliq quvvatda faoliyat koʻrsatsa, kuniga 350 kub, yilida 127 ming kubdan ortiq yogʻochni qayta ishlash quvvati yaratiladi.

Korxona toʻliq quvvatda ishga tushsa, 8 ta liniya boʻyicha MDF, DSP, opalubka, akril, faner, laminat, mahsulotlarini keng masshtabda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Natijada 80 nafarga yaqin yangi ish oʻrini yaratiladi. Shuningdek, korxona tomonidan yana 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish hamda yangi texnologiyalar orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish rejalashtirilgan.

photo_2020-07-27_19-43-05.jpg

photo_2020-07-27_19-42-53.jpg

Eʼtiborimizni yogʻoch gʻoʻlachasini maʼlum oʻlchamgacha yoʻnib, qolgan boʻlagini pastga tashlab yuborayotgan texnika tortdi. Ie, korxona rahbarining “Bizda isrofgarchilikka yoʻl qoʻyilmaydi”, degan gapi qayerda qoldi, – deb pastga qaradik. Bir quchoq ketmon dastani yigʻishtirib olayotgan ishchini koʻrib qoyil qoldik. Mana buni haqiqiy tadbirkorlik desa boʻladi.

Bu jarayon huddiki, qurilish va mebel jihozlari uchun ishlatilgan daraxtlar oʻrniga bogʻ yaratish uchun yana dalaga otlangan bogʻbonning yelkasidagi ketmonning dastasiga oʻxshaydi.


6 616
Jonibek SHUHRATOV, Siroj ASLONOV (surat), OʻzA