O‘zA O`zbek

20.04.2018 12:54 Chop etish versiyasi

Yodgorlik majmuasida ish qizg‘in

Yodgorlik majmuasida ish qizg‘in Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Isoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Isoqxon Ibrat xotirasini abadiylashtirish maqsadida barpo etilayotgan memorial kompleks Kosonsoy soyi sohilida 2 gektardan ziyod maydonni egallaydi. Loyiha bo‘yicha majmua ziyoratgoh, muzey hamda xorijiy tillarni o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatni o‘z ichiga olgan. Ayni paytgacha, qurilish, obodonlashtirish tadbirlarining asosiy qismi bajarilib, tashqi va ichki pardozlash, bezak ishlari davom etmoqda. Obyektdagi bunyodkorlik ishlari bosh pudratchi “Turon Mega stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilayotir.

19.jpg

25.jpg

18.jpg

17.jpg

16.jpg

13.jpg

11.jpg

10.jpg

4.jpg

Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA
2 943