O‘zA O`zbek

30.08.2018 11:54 Chop etish versiyasi

Yoʻqotilgan pasport oʻrniga pasport berish tartibi belgilandi

Yoʻqotilgan pasport oʻrniga pasport berish tartibi belgilandi

Pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Prezident Farmoni qabul qilingani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Oʻzgartirishlarga asosan, fuqarolar doimiy roʻyxati mavjud boʻlmaganida, oldingi doimiy roʻyxatda turadigan joyidagi, propiskaga oid maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda oʻzi turgan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga (pasport stolga) murojaat qilishi mumkin.

Farmon bilan yoʻqotilgan pasport oʻrniga pasport berish tartibi belgilandi.

Unga muvofiq, pasportini yoʻqotgan fuqaro zudlik bilan doimiy roʻyxatda turgan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga (pasport stol) xabar berishi lozim.

Vaqtincha xorijda boʻlgan fuqarolar pasportlarini yoʻqotib qoʻysalar, pasport yaroqsiz holga kelsa yoki uning amal qilish muddati tugasa Oʻzbekistonga qaytish guvohnomasini olish uchun konsullik vakolatxonasiga murojaat etadi.

Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yoʻqotilganligi toʻgʻrisida ishlar organlari tomonidan maʼlumotnoma beriladi.

Pasporti oʻgʻirlab ketilgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslar va tabiiy ofatlar natijasida pasportlari yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydilar.

Fuqaro pasportini yoʻqotganda pasport yoʻqolgani xaqida ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida unga yangi pasport beriladi. Bu muddat yana bir oyga uzaytirilishi, istisno tariqasida bunday arizalarni koʻrib chiqish muddati olti oygacha choʻzilishi mumkin.

OʻzA
1 436