O‘zA O`zbek

06.09.2018 15:52 Chop etish versiyasi

YOʻLLAR OBOD – KOʻNGILLAR SHOD

YOʻLLAR OBOD – KOʻNGILLAR SHOD

“Obod mahalla” dasturi doirasida Toshkent viloyatida ham hududlar qiyofasi koʻrkamlashmoqda. Jumladan, Qibray tumani “Junsiz” mahalla fuqarolar yigʻinida 3 ming 763 aholi, 670 xonadonda istiqomat qiladi.

Mahallaga Toshkent golf klubi yonidan yoʻl oʻtgan boʻlib, ushbu yoʻl orqali hududda faoliyat olib borayotgan korxonalar va dala hovlilarga kirib kelish masofasi 8 kilometrni tashkil etadi. Biroq ushbu asosiy yoʻ́l noaniq sabablarga koʻra, 2015-yildan buyon yopilishi oqibatida aholi 16 kilometrlik aylanma yoʻl orqali yurishga majbur edi.

Prezident virtual qabulxonasiga qilgan murojaatimiz atroflicha oʻrganildi. Muammoni bartaraf etish uchun masʼul mutasaddi tashkilotlar biriktirilib, tegishli hujjatlar asosida yoʻl ochilishiga ruxsat berildi.

Bu kabi xalq manfaatini koʻzlab qilinayotgan ezgu ishlardan “Junsiz” MFY aholisi minnatdor. Ular yurtimizda olib borilayotgan odilona islohotlardan mamnun. 

Sherzod ZUFAROV,
“Texlin” masʼuliyati cheklangan
jamiyati huquqshunosi

O'zA
1 489