O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

Yoʻl kira narxi 25 foizga arzonlashdi

Yoʻl kira narxi 25 foizga arzonlashdi

Nukusda 66-sonli yoʻnalishli taksi haydovchilari firma rahbariyati bilan kelishga holda oʻziga xos aksiya uyushtirdi. Yoʻl kira narxini 1 ming 500 soʻmdan 1000 soʻmga tushirdi.

Taksi boshqaruvchilarning taʼkidlashicha, firma rahbariyati ham kunlik toʻlovdan 25 foizgacha chegirma joriy qilgan. Firma rahbariyati hamda taksi boshqaruvchilari aholiga yoʻl kiradan orttirgan pulga niqob sotib olishni ham targʻib qilmoqda. Aksiyaga ushbu yoʻnalishdagi barcha taksi boshqaruvchilari oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Shaxsiy himoya vositalari (niqob)larga aholining ehtiyoji koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar koʻrish fonida oshdi. Hukumat tomonidan joriy yil 25-mart kunidan jamoat joylarida niqob taqib yurmagan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (223 000 soʻm) miqdorida jarima qoʻllanilishi nazarda tutilgan edi.

Joriy yil 25-mart kuni ertalabki soat 06:00 dan 12:00 gacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari Nukus shahrida reyd oʻtkazib jamoat joylarida qoidani buzgan 15 ta fuqaroni aniqlagan edi.

657
E.Qanoatov, OʻzA