O‘zA O`zbek

03.12.2019 Chop etish versiyasi

Yo‘l harakati ishtirokchilari diqqatiga!

Yo‘l harakati ishtirokchilari diqqatiga!

2019 yil 2 dekabr kuni tonggi soat 05.30 larda “Olmaliq — Toshkent” avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan 6-kilometrida noma’lum haydovchi noma’lum transport vositasini boshqarayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Hodisadan so‘ng haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda olgan og‘ir darajadagi tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi va 117-modda 2-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda noma’lum haydovchini aniqlash yuzasidan qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ushbu holat yuzasidan biror bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan jinoyatni fosh etishda amaliy yordam ko‘rsatishini hamda (71) 267-63-79, (71) 267-63-15 yoki (98) 309-87-88 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib mavjud ma’lumotlarni taqdim etishlarini so‘raydi. Ma’lumot taqdim etgan fuqaroning shaxsi oshkor etilmaydi.

Jinoyat uchun jazo muqarrar. Qonun ustuvorligini ta’minlashga har birimiz o‘z munosib ulushimizni qo‘shaylik. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

970
O'zA