Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.07.2018 14:14 Chop etish versiyasi

Yiliga 25 ming tonna chiqindi qayta ishlanadi

Yiliga 25 ming tonna chiqindi qayta ishlanadi Jizzax viloyatida investitsiya qiymati 400 minga AQSH dollariga yaqin, yiliga 25 ming tonna chiqindini qayta ishlaydigan korxona quriladi.

Снимок.JPG

Boriy ALIXONOV,
O‘zbekiston ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi:

“O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan chiqindilarni qayta ishlash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish va amaliy ishlar ro‘yobiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, «SEMAK Equipment’s and Technology” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, Jizzax viloyatida investitsiya qiymati 400 minga AQSH dollariga yaqin, yiliga 25 ming tonna chiqindini qayta ishlaydigan korxona quriladi. Hozirgi paytda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilyapti.

Yirik sanoat korxonalarida vakillarimizni tayinlash bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilayapti, ya’ni atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga mansub 593 korxonada vakillarimiz ish boshladi. Qolaversa, 760 dan ortiq korxonalar faoliyati o‘rganildi. Tanishuvlar jarayonida ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 

Oldimizda esa hali vazifalar ko‘p. Ekologik ta’lim tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”ning qabul qilinishini jadallashtirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, suv zaxiralarini muhofaza qilish, suv iste’moli, suvlarning davlat hisobotini yuritish, suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar mas’uliyatini oshirishga bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish shular sirasidandir. Bundan tashqari, Orol muammolarining oldini olish, hudud aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, bu boradagi mavjud kamchiliklarni xalqaro hamjamiyat va hamkor davlatlar moliyaviy ko‘magini jalb etgan holda hal etish istiqboldagi faoliyatimizda muhim yo‘nalishlar hisoblanadi.

Ko‘rinib turibdiki, oldimizda turgan vazifalar nihoyatda zalvorli. Ularni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish har birimizdan bor bilim va mahoratimizni ishga solishni, yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida yonib yashashni talab etadi. Ana shunda xalqimizning bizga bildirgan ishonchini ma’lum darajada oqlagan bo‘lamiz.»

O‘zA
2 040