Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2017 18:23 Chop etish versiyasi

Samarqandda yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘uv punktida Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarning dastlabki guruhini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari A.Mavrulov va boshqalar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Muddatli harbiy xizmatga har jihatdan sog‘lom, bir qator sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan chaqiriluvchilarning jalb etilayotgani Qurolli Kuchlarimiz salohiyati, nufuzini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Chaqiruv mavsumini yuqori saviyada, sifatli o‘tkazish maqsadida joylardagi chaqiruv punktlarida chaqiriluvchilarning salomatligi, jismoniy va intellektual salohiyatini ko‘rikdan o‘tkazish va shu orqali eng munosib yigitlarni saralash uchun barcha sharoit yaratildi. Chaqiruv komissiyalari davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda shakllantirildi.

Marosimda chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari so‘zga chiqib, yaratilgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdi.

– Bugun bir necha tengdoshlarim qatorida men ham muddatli xarbiy xizmatga jo‘nab ketayotganimdan xursandman, – deydi Doston Abdunabiyev. – Milliy armiyamiz saflarida o‘z yigitlik burchimni o‘tab, ota-onam ishonchini oqlash, Vatanimizga astoydil xizmat qilishni yuksak sharaf, deb bilaman.

Tadbirda harbiy xizmatga yo‘l olayotgan yigitlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
2 080






Все о погоде - Pogoda.uz