Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 19:31 Chop etish versiyasi

Jizzaxda bo‘lajak askarlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

Jizzaxda bo‘lajak askarlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bo‘lajak askarlarning ota-onalari, yoshlar ishtirok etdi.

Kuzatuv marosimida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish har bir yigitning ezgu orzusiga, faxr-iftixoriga aylangani ta’kidlandi. Bu tuyg‘ular Vatanimiz mustaqilligi yillarida zamonaviy harbiy texnika, qurol-yarog‘ va yuksak malakali kadrlar bilan ta’minlangan, yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishga qodir milliy armiyamiz shakllantirilgani tufaylidir. Yigitlarning muddatli harbiy xizmatga tanlov asosida saralab olinayotgani armiyamizni jismoniy va ma’naviy, bilimli kadrlar bilan ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qilayotir.

Muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan yigitlar safida Jizzax shahridagi yengil sanoat kasb-hunar kollejini bitirgan Ozodbek Mo‘minov ham bor. Uni xizmatga oila a’zolari, yaqinlari kuzatib qo‘ydi.

– O‘g‘lim kollejda barcha fanlardan a’lo o‘qib, sport bilan muntazam shug‘ullangani tufayli barcha sinovlardan muvafaqqiyatli o‘tdi, – deydi uning onasi Barno Sindorova. – Men o‘g‘limning Vatan himoyachilari safidan o‘rin olayotganidan juda baxtiyorman.

Vatan, tinchlik, jasorat va mardlik haqidagi qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Toshqul Beknazarov, Sherzod Nazarov (surat), O‘zA
518






Все о погоде - Pogoda.uz