Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

24.02.2018 11:50 Chop etish versiyasi

Yigitlar harbiy xizmatga kuzatildi

Yigitlar harbiy xizmatga kuzatildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida muddatli harbiy xizmatga yo‘l olgan yigitlarning navbatdagi guruhini kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2018-yil 13-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida har tomonlama puxta tayyorgarlikka ega milliy armiyamiz shakllantirilgani alohida ta’kidlandi.

20.jpg

– O‘g‘lim Alisher Vatan himoyachilari safiga qo‘shilganidan xursandman, - deydi muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi Alisher Jandullayevning otasi Jaksiboy Berdiniyozov. – O‘g‘lim bolaligidan kurash bilan muntazam shug‘ullanib, sportda qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Uning jismoniy mahorati jangovarlik mashg‘ulotlarini puxta egallashi, harbiy xizmatni a’lo darajada o‘tashida qo‘l keladi.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
5 341