Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2017 15:17 Chop etish versiyasi

Yigitlar harbiy xizmatga jo‘nab ketdi

Yigitlar harbiy xizmatga jo‘nab ketdi Andijonda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga tanlov asosida saralab olish tizimi milliy armiyamiz saflarini puxta tayyorgarlikka ega chaqiriluvchilar bilan to‘ldirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Keng maydonda saf tortib turgan bo‘lajak askarlarning aksariyati O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining sport-texnika klublarida o‘qib, turli harbiy mutaxassisliklarni, ma’lum jangovar ko‘nikmalarni egallagan yoshlardir.

– Bolaligimdan havo miltig‘idan o‘q otish sporti bilan shug‘ullanaman, – deydi S.Lutfullayev. – Paxtaobod agrosanoat kasb-hunar kollejida o‘qidim, “Vatanparvar” tashkilotining haydovchilar tayyorlash kursini tamomladim. Mana, harbiy xizmatga har tomonlama tayyorman.

Harbiy xizmatga yo‘l olayotgan yigitlarga esdalik sovg‘alar topshirildi. Badiiy jamoalar, xonandalar ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
630






Все о погоде - Pogoda.uz