O‘zA O`zbek

12.09.2018 18:35 Chop etish versiyasi

Yevropa dollarni rad etmoqda

Yevropa dollarni rad etmoqda Yevropaning “Politico Europe“ nashri yozishicha, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker xalqaro munosabatlarda dollarni rad etib, yevro asosiy pul birligi boʻlishi kerakligini taʼkidlagan.

Yevrokomissiya rahbari Yevropa parlamentga murojaatida Yevropa davlatlarining energetika toʻlovlari uchun dollarni qoʻllashidan hech qanday mantiq yoʻqligini qayd etgan.

“Yevropa energetik manbalar importi uchun toʻlanadigan toʻlovning 80 foizini, yaʼni yiliga 300 milliard dollar miqdordagi toʻlovni dollar orqali amalga oshiradi. Bu degani, bizning energetik manbalar importi uchun toʻlanadigan toʻlovlarimizning 2 foizi AQSH hisobiga oʻtadi, demakdir“ deb taʼkidlagan Jan-Klod Yunker TASS axborot agentligiga bergan maʼlumotida.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA
1 333