Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 18:34 Chop etish versiyasi

Yetakchilar uchun o‘quv-seminar

Mirobod tumanidagi 110-umumta’lim maktabida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamkorligida poytaxtimizdagi umumta’lim maktablari yetakchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi O‘.Mahkamov, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Mamajonov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati bilan shug‘ullanadigan yangi tuzilma – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyat boshlaganini ta’kidladi.

Seminarda maktab o‘quvchilarini tashkilot safiga qabul qilish, bolalar tashkilotining yangi tahrirda qabul qilingan Nizomi bilan yaqindan tanishtirish, ta’lim muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning ish samaradorligini oshirish, yoshlar bilan ishlashda yetakchilarning o‘rni va bu jarayonda uchrayotgan turli kamchiliklarga barham berish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, ayni paytda yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator omillarga to‘xtalib o‘tildi.

– Bugungi o‘quv-seminarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha zarur tavsiya va tushunchalarga ega bo‘ldik, – deydi Toshkent shahar Shayxontohur tumani 59-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi Hayot Ergashev. – Jumladan, bugungi murakkab globallashuv davrida milliy manfaatlarimiz, ma’naviy-axloqiy qarashlarimizga yot zararli g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishga urinishlar kuchayayotgani, internet, mobil aloqa, komputer o‘yinlari, video va kino mahsulotlari orqali kirib kelayotgan salbiy axborotlardan yosh avlodni ishonchli himoyalash, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish borasida keng ma’lumotga ega bo‘ldik.

Seminarda maktablarda tashkil etilgan to‘garaklar, axborot-resurs markazi faoliyati samaradorligi, yoshlarning kutubxonadan foydalanish darajasi hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish, fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda muntazam dars qoldiradigan va darslarni bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish borasida qator vazifalar belgilab olindi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
890






Все о погоде - Pogoda.uz