Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.04.2018 14:22 Chop etish versiyasi

Yerdan unumli foydalanish vaqti keldi.....

Yerdan unumli foydalanish vaqti keldi.....
Tomorqaga ekin ekish oyligi

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 23-mart kuni qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aholi va dehqon xo‘jaliklaridagi tomorqa yerlardan unumli foydalanilmayotganligi, ko‘pchilik fuqarolar xonadonidagi 8-10 sotix yerni samarali ishlatmasdan, ro‘zg‘origa zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozordan sotib olayotganligi tanqid qilingan edi.

Hamalning dastlabki o‘n kunligi dehqonu bog‘bonlar uchun o‘ta muhim palla. Nihol qadash, urug‘ sepish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, keyin kech bo‘ladi.

Darhaqiqat, yurtimiz tuprog‘i oltinga teng. Nima eksang, unadi. Xo‘sh, serhosil yerlardan Navoiy viloyati Navbahor tumani aholisi qanday foydalanmoqda?

2.JPG

Tumandagi “Qalqon ota” va “Qorovultepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashayotgan aholi orasida tomorqasidan yaxshigina daromad olayotgan xonadonlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ammo “besh qo‘l barobar emas”, deganlaridek, mahallada unumdor yerini qorovsiz tashlab qo‘ygan dangasalar ham bor. Masalan, “Qalqon ota” mahallasi “Porloq-4” ko‘chasida yashayotgan G‘ofur Fayziyev tomorqasida qo‘shnilaridek turli qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish u yoqda tursin, serunum yerga yaqin yillarda hatto ketmon ham urmagan.

3.JPG

Mahalla maslahatchisi Inobat Adizovaning ta’kidlashicha, G‘. Fayziyevga mahalla faollari tomonidan mo‘l va xaridorgir hosil beradigan ekin ekish zarurligi aytilgan. Shuningdek, xonadon sohiblari to‘lanadigan yer solig‘i 3 barobar ko‘paytirish yoxud yerning qaytarib olinishi haqida ogohlantirilgan. Lekin hech qanday natija yo‘q.

5.JPG

“Qorovultepa” mahallasi maslahatchisi Manzura Murodova bilan “Gulzor” ko‘chasini birga aylanar ekanmiz, bu yerda istiqomat qilayotgan fuqarolarning aksariyati bahor kelganidan bexabar, degan xayolga borasan kishi. Chunki, yon-atrof umuman obodonlashtirilmagan, daraxtlar oqlanmagan. J.Jo‘rayev va A.Ismoilovlarning tomorqalarga e’tibori ham haminqadar. Bo‘sh va qarovsiz yerdagi xas-cho‘plar kishi ta’bini xira qiladi. Yer egalari esa kun davomida ishda ekanligini bahona qilib, ekin-tikin qilishga vaqti yo‘qligini aytishdan boshqa vaj topishmadi. Shu ko‘chada aylanganimizda, yerni me’yorida ishlatishni bilmaydiganlarning ko‘p ekanligiga guvoh bo‘ldik. Ba’zilar yaxshigina daromad olish mumkin bo‘lgan joylarga tog‘ toshlarini uyum qilib qo‘ygan. Hovli tashqarisidagi qanchadan-qancha yerlarni huvillab yotganini ko‘rib, yerning umri behuda o‘tayotganiga achinasan kishi.

6.JPG

“Olma pish, og‘zimga tush”, degan bilan ish bitarmidi. Dehqonchilik qilaman, chorva boqaman, deganga yurtdoshimizga Prezidentimiz tashabbusi bilan tijorat banklari kredit berayotgan bo‘lsa. Hamma gap insonning istagiga, omilkorligiga bog‘liq. Yo‘qsa, tuprog‘i biznikidek serunum bo‘lmagan yurtlarda toshloq joyda ko‘chat undirib, mevasini dunyoga tarqatayotgan xorijliklarni ko‘rib, ham shukr qilish, ham tadbir qilish vaqti kelmadimikin?

7.JPG

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat) O‘zA
7 332