O‘zA O`zbek

12.02.2020 Chop etish versiyasi

Yerdan noqonuniy foydalangan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yerdan noqonuniy foydalangan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura organlari tomonidan yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Nukus tumani hokimning qarori bilan “D.limon” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga issiqxona qurish va limon mahsulotlari yetishtirish uchun jami 22,4 gektar yer maydoni ajratilgan.

Biroq, jamiyat mansabdor shaxslari tomonidan ajratilgan yer maydonida noqonuniy ravishda turar-joy imoratlari qurilib, fuqarolarga aldab sotib yuborilganligi aniqlangan.

O‘z navbatda tuman yer resurslari va davlat kadastri va qurilish bo‘limi mansabdor shaxslari ajratilgan ekin yer maydonlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilmaganliklari oqibatida davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 2020 11 fevralda Nukus tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 va 208-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

935
O‘zA