O‘zA O`zbek

14.08.2018 11:01 Chop etish versiyasi

“Yaxshiyamki, shunday markazlar bor“

“Yaxshiyamki, shunday markazlar bor“

Toshkent viloyatidagi reabilitatsiya markazlarida davolanuvchilar to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirilmoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan markazga olib kelingan fuqarolarning tizimga oid muammolari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rilayotir.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan ma’lum qilishicha, avvalo bu yerdagi shaxslarning fuqarolik pasporti bo‘yicha turar joyiga aniqlik kiritilmoqda. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan yoki biometrik pasport olmaganlarning mobil qurilma yordamida shu yerning o‘zida ma’lumotlari olinib, tayyor biometrik pasportlar egalariga topshirilayotir.

– Yaxshiyamki, shunday markazlar bor, – deydi Nurafshon shahridan M.Jo‘rayeva. – Barcha qatori sog‘lom turmush tarzi qoidalariga amal qilgan holda yashashni o‘rganmoqdamiz. Sog‘ligimiz ham doimiy e’tiborda. Yaqinda ichki ishlar xodimlari yangi biometrik pasport berdi.

A. Xudoyqulov, O‘zA
1 597