Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.03.2018 19:01 Chop etish versiyasi

Yaxshi odam ko‘zidan, yaxshi yil Navro‘zidan ma’lum

Yaxshi odam ko‘zidan, yaxshi yil Navro‘zidan ma’lum Yangi uylarda birinchi marta Navro‘z bayrami nishonlandi

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi yangi massivda ilk bor Navro‘z shodiyonalari o‘tkazilmoqda.

Ozod va hur diyorga bayramlar yarashadi. Aslida ham farovon va bugunidan rozi elning har kuni bayram. Ayniqsa, bu shodiyonalar ko‘ngli to‘q, turmushiga mazmun kirgan odamlarga yanada xis-hayajon bag‘ishlaydi. Uy-joyga ehtiyojmand fuqarolar uchun qurilgan yangi uylarda aholi bayramni ana shunday ko‘tarinkilik bilan kutib olishdi.

20180318_104750.jpg

— Yurtning farovonligi mahallalarning, odamlarning hamjihatligi-yu, birdamligi bilan o‘lchanadi, – deydi mazkur hudud fuqarolar yig‘ini faoli Rustam Ro‘zmatov. – Davlatning, Prezidentimizning inson omiliga nisbatan ehtiromini biz o‘z hayotimizda ko‘rdik. Mana endi shu e’tiborga munosib bo‘lishimiz kerak. Hududimiz eng namunali mahallalar qatoridan joy olishi kerak. 

dd655aab-aa23-43f8-87af-11f449e30e6c.jpg

Darvoqe, yangi mahallada bo‘lib o‘tgan tadbirda Navro‘z ayyomining an’anasi bo‘lgan urf-odatlar, bolajonlarning o‘zaro musobaqasi, arqon tortish kabi o'yinlari hamda sahnalashtirilgan raqslari namoyish etildi. Kelinchaklarning «Kelin salom» marosimlari milliy bayramga joziba bag‘ishladi.
Doshqozonlarda sumalaklar qaynadi.

Umida Qurbonova
3 154