Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 16:47 Chop etish versiyasi

Keyingi yillarda Andijon viloyatida 23 madaniyat va istirohat bog‘ida qurilish, kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi

Andijon viloyatidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, dam olish markazlarida turli qulayliklar yaratilgani, xizmat ko‘rsatish sifati tubdan yaxshilanganidan aholi mamnun.

Keyingi yillarda viloyatda 23 madaniyat va istirohat bog‘ida qurilish, kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Bog‘ishamoldagi “Bog‘i Bobur”, Asaka tumanidagi T.Egamberdiyev, Shahrixon tumanidagi A.Beruniy nomidagi, Marhamat, Andijon, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Oltinko‘l, Izboskan, Xo‘jaobod tumanlari madaniyat va istirohat bog‘larida olib borilgan ishlar shular jumlasidandir. Zamonaviy attraksionlar, turli savdo do‘konlari va boshqa xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sport maydonchalari aholi xizmatida.

Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida Buloqboshi tumani madaniyat va istirohat bog‘i foydalanishga topshirilgani tuman ahlini behad quvontirdi.

– Bir necha zamonaviy attraksion o‘rnatildi, mavjud yo‘laklar, favvoralar ta’mirlandi, – deydi Buloqboshi tumani markaziy madaniyat va istirohat bog‘i direktori A.Yo‘ldoshev. – Tungi yoritgichlar almashtirilib, o‘ziga xos manzara yaratildi, amfiteatr, muzqaymoq va salqin ichimliklar do‘konlari, mini-futbol maydoni, basseyn barpo etildi. Umuman, bog‘imiz butkul yangi qiyofa kasb etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatda 83 ana shunday markaz tashkil etilgan.

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Dardoq qishlog‘ida 670 million so‘m davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan madaniyat va aholi dam olish markazi tashkil etilib, aholining ko‘ngilli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratildi, 250 o‘rinli tomosha zali barpo etildi. Bu yerda faoliyat yuritayotgan raqs, rubob va an’anaviy ijrochilik to‘garaklari yoshlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtini yanada mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
1 999






Все о погоде - Pogoda.uz