O‘zA O`zbek

08.08.2018 18:12 Chop etish versiyasi

Yarim yillikda reja bo‘yicha ko‘rsatkich 103 foizni tashkil etdi

Yarim yillikda reja bo‘yicha ko‘rsatkich 103 foizni tashkil etdi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmatima’lumotiga ko‘ra, ushbu jamiyat tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tashqi bozorda ham o‘z o‘rnini egallagan.

Jamiyat tizimida joriy yilning birinchi yarim yilligida jami

22 million 41 ming dollarlikmahsulotlar eksport qilindi. Reja bo‘yicha ko‘rsatkich 103 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda jamiyat tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilgansopol plitkalar,santexkeramika mahsulotlari, quruq qurilish aralashmalari, pishgan g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan qoplovchi buyumlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglar singari qurilish materiallariga Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlari bozorlarida talab ortib bormoqda.

Endilikda bu mamlakatlar qatoriga Tojikiston va Afg‘oniston ham qo‘shildi. Negaki, bu davlatlarga 2017 yildan santexkeramika buyumlari, asbest buyumlar, sopol plitalar, qurilish oynasi va sement kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda.

Qayd etish joizki, jamiyat qurilish materiallarining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmoqda. Bunda jarayonda eksport qilinadigan mahsulotlar turini ko‘paytirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olingan.

Shu maqsadda Pokiston Respublikasining “Baxriya tavn” yirik kompaniyasiga ishlab chiqarilayotgan 10 dan ortiq qurilish materiallarining namunalari, Belarus Respublikasiga mamlakatimizda mavjud tabiiy pardozbop toshlar, Hindiston Respublikasiga yangi va zamonaviy turdagi qurilish materiali ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan tabiiy bazalt toshi namunalari yuborildi.

Albatta, bunday sa’y-harakatlar O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar, xususan, Pokiston, Belarus va Hindiston davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA.
1 843