O‘zA O`zbek

07.02.2018 18:35 Chop etish versiyasi

Yaqin yillarda biz tomonlarga teatr kelganini eslay olmayman, deydi jizzaxlik uy bekasi

Yaqin yillarda biz tomonlarga teatr kelganini eslay olmayman, deydi jizzaxlik uy bekasi – Yaqin yillarda bu tomonlarga teatr kelganini eslay olmayman, – deydi Do‘stlik tumani Navro‘z mahallasida yashovchi uy bekasi Nasiba Turg‘unova. – Shuning uchun tumanimiz markazidagi madaniyat saroyiga tomoshabin sig‘may ketdi. “Jaydari kelin” hayotimizdan olingan voqea ekan. Miriqib tomosha qildik. Poytaxtimizdan boshqa teatrlar jamoalari ham tez-tez kelib tursa, juda yaxshi bo‘lardi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodkorlari “Jaydari kelin” spektakli bilan Jizzax viloyati tuman va shaharlarida ijodiy safarda bo‘ldi.

Forish tumanida ham tomoshabinlar spektakldan, teatr ijodiy jamoasi tomoshabinlarning qizg‘in olqishidan mamnun bo‘ldi. O‘zbekiston xalq artisti Odina G‘oziyeva, aktyorlar Tohir Rahimov, Baxtiyor Ortiqov, Gulnoza Saidova, Nargiza Dehqonova, Inobat Umirova, Avazxon Bozorbekov rollarni mahorat bilan ijro etgani tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

8.jpg

– Spektaklda qishloq hayoti aks etgani bois men uni miriqib tomosha qildim, – deydi O‘xum maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Mahliyo Savurova. – Asar katta-yu kichikka birday yoqdi. Hamma ham qishloqdan shaharga ataylab spektakl ko‘rish uchun boravermaydi. Shuning uchun teatr yaxshi sahna asarlari bilan qishloqlarga ko‘proq chiqishi xalqimiz madaniy saviyasini oshirish uchun juda kerak, deb o‘ylayman.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat) O‘zA
9 762