Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

30.08.2018 20:35 Chop etish versiyasi

Yaponiyalik olimlar Samarqandda

Yaponiyalik olimlar Samarqandda Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Yaponiyaning Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya 30 avgust kuni Samarqand shahriga keldi.

Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori va yana bir qator dunyoga mashhur olimlar Samarqand bilan tanishuvni Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdanboshladi.

Mehmonlarga buyuk jahongirning Sharqda qudratli davlatga asos solgani, adolatli, xalqparvar siyosat yuritgani, mintaqa ilm-fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi, bunyodkorlik ishlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Registon maydonidagi mahobatli uch madrasa va ularning yaratilish tarixi, shu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi ham yaponiyalik olimlarda katta qiziqish uygʻotdi.

– Samarqandga birinchi kelishimdanoq shahar menga oʻzining boy oʻtmishi, tarixiy obidalari, goʻzal tabiati va samimiy odamlari bilan manzur boʻldi, – deydi Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti. – Bu zaminning azaldan tamaddun markazlaridan biri sifatida shuhrat topishi bejiz emas ekan. Ajdodlaringizning boy maʼnaviy merosini asrab-avaylashga eʼtibor, bugungi bunyodkorlik ishlari va yoshlarning ilm egallashi uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar ota-bobolaringiz anʼanalari davom etayotganidan dalolat beradi.

Delegatsiya aʼzolari Bibixonim masjidi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan ham tanishdi.

Gʻolib Hasanov, Alisher Isroilov (surat) OʻzA
1 346