O‘zA O`zbek

23.04.2019 20:05 Chop etish versiyasi

Yangiqoʻrgʻondagi eski muammolar hal etiladi: suv ombori qurilishi taklif etildi

Yangiqoʻrgʻondagi eski muammolar hal etiladi: suv ombori qurilishi taklif etildi

Markaziy Osiyoda suvdan unumsiz foydalanishni keltirib chiqaradigan yomon infratuzilmalar va eskirgan texnologiyalarni oʻz ichiga olgan bir qator muammolar mavjud. Xususan, buni 200 dan ortiq kichik transchegaraviy daryolar misolida aytish mumkin.

Fargʻona vodiysida joylashgan va Qirgʻiziston Respublikasi bilan Oʻzbekiston oʻrtasida kichik transchegara daryosi boʻlgan Podshoota “Smart Waters” suv resurslarini yaxshiroq boshqarishni rivojlantiradigan sakkizta tajriba uchastkalarining biridir. Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) amalga oshirayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligining (USAID) “Smart Waters” loyihasi ayni shu boradagi muammolarga amaliy yondashish maqsadida tashkil etilgan. 22-23 aprel kunlari loyiha doirasida Namangan viloyatida Qirgʻiziston va Oʻzbekiston vakillari ishtirokida Kichik havza kengashining ikkinchi yigʻilishi oʻtkazildi. 

photo5330198712808483436.jpg

Loyiha umumiy suv resurslarini birgalikda boshqarish adolatli va teng taqsimlashni taʼminlash va chegaralar boʻylab nizo va ziddiyatlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tadbir doirasi USAIDʼning Oʻzbekistondagi direktori Geri Robbins va qirgʻizistonlik mehmonlar suvdan oqilona foydalanish boʻyicha viloyatdagi vaziyatni kuzatdi. Xususan, Yangiqoʻrgʻondagi Eski yer suv omborining bilan, tumanda tomchilab sugʻorishga asoslangan olma bogʻlari, issiqxonalar bilan tanishdi. Bundan tashqari, tumanda qayta taʼmirlanayotgan Sulton Uvays Qaraniy maqbarasini ziyorat qilishdi. Uchrashuvda ikki davlat vakillari suv resurslarini boshqarish, daryo qirgʻoqlarini muhofaza qilish, qirgʻoqlardagi suv oqimi koʻtarilishining oldini olish va taqsimlash tizimini yaxshilash boʻyicha choralarni muhokama qilishdi.

Muhokamada Podshoota daryosi qirgʻoqlarini taʼmirlash, ikki xalq manfaati uchun chegara hududda yana bir suv ombori barpo yetish takliflari bildirildi. Kelishuvlarning keyingi bosqichi oʻrganishlar asosida Qirgʻizistonda davom ettirilishi belgilab olindi.

photo5330198712808483439.jpg

photo5330247473572195036.jpg

photo5330247473572195037.jpg

A.Rustamov, OʻzA
1 521