O‘zA O`zbek

05.09.2018 14:38 Chop etish versiyasi

Yangilangan maktabda birinchi qoʻngʻiroq

Yangilangan maktabda birinchi qoʻngʻiroq
Namangan shahridagi 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari yangi oʻquv yilini tubdan rekonstruksiya qilingan binoda boshladi.

Mazkur taʼlim dargohi Prezidentimizning 2018-yil 3-fevraldagi “2018-yil uchun investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida tubdan rekonstruksiya qilindi.

Maktabda umumiy qiymati 2 milliard 15 million soʻmga yaqin rekonstruksiya ishlari bajarildi. “Sanoat invest loyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati loyihasi asosida “Standartqurilish” korxonasi bunyodkorlari tomonidan maktabning oʻquv binosi, sport va marosimlar zallari hamda yordamchi xoʻjalik inshootlari tubdan taʼmirlandi.

Yangi oʻquv yilida maktabda 2200 nafardan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi. Ularga 120 nafardan ziyod muallim davlat taʼlim standartlari asosida saboq beradi.

13.jpg

Yangilangan maktabni foydalanishga topshirish marosimi birinchi qoʻngʻiroq shodiyonalariga ulanib, katta bayramga aylandi. Unda viloyat, shahar, tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, ota-onalar, faxriylar, yoshlar ishtirok etdi.

Yosh avlod kamoloti yoʻlida koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar, taʼlim sohasi xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mehnatini munosib ragʻbatlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida taʼkidlandi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov soʻzga chiqdi.

A.Sattorov, H.Mamadaliyev (surat), OʻzA
1 802