Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.08.2017 17:07 Chop etish versiyasi

Yangicha talab va yondashuv asosida

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyati kengashining navbatdagi plenumida davlatimiz rahbarining “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” mavzusidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Plenumda mahalliy vakillik organlariga partiyadan saylangan deputatlar faoliyati va tashabbuskorligini oshirish, partiya tashkilotlari va guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari zimmasiga partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, dasturiy maqsadlar, elektorat manfaatlarini mahalliy hokimiyat vakillik organlarida munosib ifoda etish va himoya qilish borasida katta ma’suliyat yuklangan. Bunda partiya guruhlari tashabbusi bilan mahalliy Kengashlarda davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hisoboti va axborotini doimiy eshitib borish, rahbarlar, hokimlarning o‘z lavozimiga loyiq-noloyiqligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot va takliflar kiritish muhim ahamiyatga ega.

Joriy yilning o‘tgan davrida partiyaning xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari rahbarlariga 205 deputatlik so‘rovi yuborilgan. Partiya guruhi a’zolari tashabbusi bilan xalq deputatlari Kengashlari yig‘ilishlarida 28-marta mansabdor shaxslarning hisoboti eshitildi. 15 masala mahalliy Kengashlar sessiyalari muhokamasiga kiritildi.

– Plenum davlatimiz rahbarining siyosiy partiyalar faoliyati haqida bildirgan fikrlaridan kelib chiqib, tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tdi, – deydi partiya viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi S.Nazarqosimov. – Tadbirda partiyaning g‘oyaviy va mafkuraviy dasturlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Zero, bugun mamlakatimizda kechayotgan tub o‘zgarish va yangilanishlar partiyamiz faoliyatini ham yanada faollashtirish, ishga yangicha yondashuvni talab qilmoqda.

Plenumda partiya faoliyatini rivojlantirish, tashkilot va guruhlar hamkorligini mustahkamlash, yetakchilarning siyosiy bilim va malakasini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Prezidentimizning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan ma’ruzasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish yuzasidan partiya viloyat kengashining chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
2 049






Все о погоде - Pogoda.uz